Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga hamdardlik bildirdi

AQShda bir sutka ichida uchta otishma ro‘y berdi va kamida 30 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

AQShda yana otishma: 9 kishi qurbon bo‘ldi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev El-Paso, Deyton va Chikago shaharlarida ro‘y bergan fojeali voqealarda ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan AQSh prezidenti Donald Trampga samimiy hamdardlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Texas shtatining El-Paso shahridagi Walmart savdo majmuasida sodir bo‘lgan otishmada 20 kishi o‘ldirilgan va 26 kishi yaralangan edi. Keyinroq AQShning Ogayo shtatidagi Deyton shahrida otishma ro‘y berdi. Otishma oqibatida 9 kishi qurbon bo‘lgan va 16 kishi jarohatlangan. Uchinchi holat Chikagoda kuzatildi. Noma’lum shaxs o‘z mashinasi ichidan turib bolalar maydonchasiga qarata o‘q uzishi oqibatida 7 kishi yaralangan.