IIV Buxoroda ag‘darilib ketgan avtobus bo‘yicha rasmiy axborot berdi

Buxoroda avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi halok bo‘ldi, 10 nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. IIV Buxoroda ag‘darilib ketgan avtobus bo‘yicha rasmiy axborot berdi.

Xabarda qayd etilishicha, 4-avgust kuni soat 18:30larda Buxoro viloyati, Jondor tumani hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 299-kilometrida, Qozog‘iston fuqarosi, Chimkent shahrida yashovchi A.R. Van Hool rusumli, KZ 545 APB 13 davlat raqam belgili avtobusini boshqarib borayotib, noma’lum sabablarga ko‘ra rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada avtobus yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Namanganda ikkita Nexia avtomashinasining to‘qnashuvi ayanchli yakun topdi

“Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusdagi yo‘lovchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan. 10 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan”, - deyiladi xabarda.

Qozog‘iston fuqarosi A.R. boshqaruvidagi Van Hool rusumli, KZ 545 APB 13 davlat raqam belgili avtobus “Olmaota-Nukus” xalqaro yo‘nalishida yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirgan.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasining kelib chiqish sabablari o‘rganilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.