“Chorsu” mehmonxonasi endi Demir Group᾽ga qarashli emas

“Chorsu” mehmonxona qayta sotuvga qo‘yiladi. Tadbirkor Ahmet Demir o‘z vaqtida investitsion majburiyatlarini bajarmaganligi sabab shunday qarorga kelingan.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Tadbirkor Ahmet Demir o‘z vaqtida investitsion majburiyatlarini bajarmadi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qilmoqda.

Afsonaviy “O‘zbekiston” mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

Endilikda "Chorsu" mehmonxonasi tadbirkorga qarashli emas va qayta sotuvga qo‘yiladi. Bunga Ahmet Demirning oldi-sotdi shartnomasida belgilangan investitsion majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi sabab bo‘lgan.

“Xorijiy korxona tomonidan oldi-sotdi shartnomasida belgilangan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmagani sababli, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 2-iyuldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma bekor qilingan”, - deyilada xabarda.

Demir Group “Chorsu” mehmonxona majmuasini hukumat kafolatisiz 33 mln. dollar miqdorida investitsiya kiritish orqali 270 o‘ringa mo‘ljallangan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini qurish va 350 ta yangi ish o‘rinini yaratish sharti bilan sotib olgan edi.