AQShda yana otishma: 9 kishi qurbon bo‘ldi

AQShning Ogayo shtatidagi Deyton shahrida otishma ro‘y berdi. Bu AQShda bir sutka ichida yuz bergan ikkinchi otishmadir.
Sputnik

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. AQShning Ogayo shtatidagi Deyton shahrida otishma ro‘y berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, otishma oqibatida 9 kishi qurbon bo‘lgan. 16 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, o‘t ochgan shaxsning o‘zi ham halok bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, hodisa Oregon tumanidagi mayxonalardan birida sodir bo‘lgan.

​Hozirda voqea joyida AQSh Federal tergov burosi xodimlari surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.

Qayd etish joizki, bu AQShda bir sutka ichida yuz bergan ikkinchi otishmadir. Biroz ilgari El-Paso shahridagi (Texas shtati) Walmart savdo markazida sodir etilgan otishma oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani, 26 kishi esa jarohatlangani xabar qilingan edi. Hozirda o‘t ochgan shaxs qo‘lga olingan. U 21 yoshli Patrik Kruzios ekanligi aytilmoqda. U hujum qilishdan oldin Twitter᾽da Yangi Zelandiyadagi masjidda sodir etilgan teraktni qo‘llab-quvvatlashini aytgan va migrantlar tufayli AQSh madaniyati va iqtisodiyoti oqsayotganini ma’lum qilgan.