Atambayev so‘roqqa kelishi kerak – Qirg‘iziston bosh prokuraturasi

Bundan avval advokat Sergey Slesarev IIVga Atambayev javob berishi kerak bo‘lgan savollarni yuborishni taklif qilgandi. Atambayev ularga yozma ravishda javob tayyorlaydi. Bosh prokuratura buni tergov jarayoni buzilishi deb hisobladi.
Sputnik

TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Qirg‘iziston bosh prokuturasi Atambayevga so‘roqqa kelishi kerakligi haqida bayonot berdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Atambayev Kremlda Putin bilan uchrashdi – video

Atambayev uch marta so‘roq uchun IIVga chaqirtirilgan. Lekin u kelmadi.

Bundan avval advokat Sergey Slesarev IIVga Atambayev javob berishi kerak bo‘lgan savollarni yuborishni taklif qilgandi. Atambayev ularga yozma ravishda javob tayyorlaydi. Bosh prokuratura buni tergov jarayoni buzilishi deb hisoblaydi.

“Agar guvoh Atambayev jinoiy avtoritet Aziz Batukayev noqonuniy ozod qilishi holati bo‘yicha tergov ishi har tomonlama va obyektiv o‘tkazilishi istasa, u so‘roqqa kelishi va unga ma’lum bo‘lgan barcha holatlarni aytib berishi kerak”, - deyilgan bayonotda.