Toshkentda tadbirkor 2,7 mlrd so‘mga chuv tushdi

“Uddaburon” tadbirkor sherigiga biznesni davom ettirishini va’da qilib, bank orqali uning nomiga 2,7 so‘m kreditga olgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Toshkentda tadbirkor 2,7 mlrd so‘mga chuv tushdi

Toshkentda 1,08 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgan tadbirkor qo‘lga olindi

IIV xabariga ko‘ra, 2018-yil avgust oyida Shayxontohur tumanida yashovchi 37 yoshli G.K.  M.Ulug‘bek tumanida yashovchi, “Maftun” MChJ rahbari 67 yoshli B.N.ga poligrafik uskunalarini olib berishini va birgalikda biznesni davom ettirishini va’da qilib, bank orqali uning nomiga 2,7 mlrd so‘m kreditga olgan.

Keyin ushbu pullarni “Poligraf” MChJ xisob raqamiga o‘tkazib, hech qanday uskunalarni olmasdan pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.