O‘ta xavfli terrorchi Usoma bin Lodinning o‘g‘li o‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi – OAV

2017 yil yanvarida Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza AQSh davlat departamenti tomonidan o‘ta xavfli xalqaro terrorchi deb topilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. AQShda bosh terrorchi Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza o‘lgani haqida razvedka ma’lumotlari e’lon qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Eron TIV rahbari Trampni "terrorchi" deb atadi

2011 yilda Pokiston hududida Bin Lodin o‘zi AQSh maxsus kuchlari tomonidan yo‘q qilindi.  

“Al-Qoida” oxirgi bor uning nomidan 2018-yilda bayonot bergandi. O‘shanda u Saudiya Arabistoniga tahdid qilgan va mahalliy aholini isonga chorlagandi.

2017 yil yanvarida Hamza AQSh davlat departamenti tomonidan o‘ta xavfli xalqaro terrorchi deb topilgandi. Joriy yil boshida uning manzili haqidagi ma’lumot uchun 1 million dollar va’da qilingandi.