Migrantlar pul jo‘natmalari “eksport” hisoblanadimi?

Migrantlar pul jo‘natmalari “xizmatlar eksporti”ga kirmaydi – Statistika qo‘mitasi.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga mehnat migrantlari tomonidan xorijiy davlatlaridan yuborilayotgan pul jo‘natmalari O‘zbekiston to‘lov balansida qanday hisoblanishini tushuntirib berdi.

Sputnik muxbirining – Nega migrantlar pul jo‘natmalari o‘zbekiston Tashqi savdo aylanmasida aks etmagan? Ushbu pullani “xizmatlar eksporti” toifasiga qo‘shsa bo‘ladimi? - degan savoliga quyidagi javobni oldik. 

O‘zbekistonda Stastistik ma’lumotlar BMT, XVJ va JST tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro statistika normalariga (RSMTU-2010) muvofiq ravishda jamlanadi.

O‘zbekiston oq oltin o‘rniga sariq oltin eksportiga o‘tdi

Shuningdek, jamlangan statistik ma’lumotlar xalqaro hamjamiyatda qabul qilingan “To‘lov balansi va investitsion pozitsiya yo‘riqnomasi (RPB-6)ga muvofiq.

O‘sha “RPB-6”da belgilanishiga ko‘ra, xorijdan O‘zbekistonda yuborilgan mablag‘lar – xizmatlar eksportiga kirmaydi va “Shaxsiy transfertlar” sifatida qayd etiladi.

Transfertlar –iqtisodiy boyliklarni bir tomondan ikkinchi tomonga tekinga jo‘natishni nazarda tutadi.

O‘zbekistonda Transfertlar Markaziy Bank tomonidan e’lon qilinadigan, “O‘zbekiston To‘lov balansining” “Shaxsiy transfertlar” bo‘limida qayd etiladi, - deyilgan Statistika qo‘mitasi javobida.

Markaziy bank statistik ma’lumotlarida qayd etilishga ko‘ra, xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga yuborilgan transfertlar miqdori quyidagicha: 2016-yilda – 3, 041 mlrd. $, 2017-yilda – 4, 172 mlrd. $ 2018-yilda – 4,217 mlrd. $.  2019-yilning 1 kvartalida – 956 mln. $.