Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga yuz million dollar taqdim etdi

Loyiha doirasidagi tajriba-sinov shaharlari sifatida Yangiyo‘l (Toshkent viloyati), Kogon (Buxoro viloyati) va Chortoq (Namangan viloyati) belgilangan.
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

“Dollar operatsiyasi”: Qozog‘istonga naqd valyuta olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqarolar to‘xtatildi

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) O‘zbekistonga 100 million AQSh dollari miqdorida qarz mablag‘larini taqdim etgan.

Loyiha doirasidagi tajriba-sinov shaharlari sifatida Yangiyo‘l (Toshkent viloyati), Kogon (Buxoro viloyati) va Chortoq (Namangan viloyati) belgilangan.

Qarorga muvofiq:

- Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, XTTB qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

- loyihani amalga oshirishni umumiy muvofiqlashtirish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Rossiya va Xitoy dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechdi - OAV

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;

- Loyihani amalga oshirish uchun jalb etilgan XTTBning qarz mablag‘lari bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foizlar va vositachilik haqini to‘lashning prognoz grafigi;

- 2019-2021 yillarda mazkur loyihani amalga oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” .

Shuningdek, loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishchi komissiya tuzilib, u loyihani samarali amalga oshirish, “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni jadal ishlab chiqish va obyektlarni tezkorlik bilan ishga tushirishni ta’minlaydi.

Har chorakda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga loyihaning amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot kiritiladi.