Rahmonning g‘azabiga uchragan amaldorning taqdiri ma’lum bo‘ldi

May oyida Tojikiston prezidenti yig‘ilishda bojxonachini so‘roq qilib, davlat rahbarining ko‘ziga qarab yolg‘on gapirayotganini fosh qilgan edi. Keyin barchaning oldida sharmanda qilib, ishdan bo‘shatgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. May oyida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon so‘roqqa tutib, yolg‘on gapirayotganini fosh qilgan Dushanbe bojxona xizmati birinchi terminalining sobiq rahbari Shahboz Rajabzodaga nisbatan hech kim jinoiy ish qo‘zg‘atmagan.

“Nega mening farzandlarim nomidan gapirasan?”: Rahmon yolg‘onchi amaldorni sharmanda qildi

“Shahboz Rajabzoda ustidan hech qanday shikoyat kelib tushmadi”, - deya iqtibos keltiradi Sputnik Tojikikiston  mamlakatning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Culaymon Sultonzoda so‘zlaridan.

Eslatib o‘tamiz, bahor oyida Emomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan bo‘lgan yig‘ilishda Rajabzodani so‘roq qilib, yolg‘on gapirayotganini fosh qilgan edi.

Uning gunohi boshidagi sochidan ham ko‘pligini aytib, ishdan bo‘shash haqida ariza yozishini buyurgan edi. Shu bilan birga, davlat rahbari uning hali yosh ekanini hisobga olgani, aks holda kamida 15-yilga qamalishi mumkinligi qayd etgan edi.