TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning farmoyishi asosan Chimkent shahar hokimi G‘abidulla Abdrahimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Sputnik Qozog‘iston yozishicha, bir necha kun oldin Abdrahimov Londonga amalga oshirgan xizmat safari vaqtida tasvirga olgan videoni tarmoqqa joylashtirgan.
U vatandoshlariga salom aytib, quyidagilarni aytadi: “London – bu dunyo poytaxti, albatta buni isbotlash shart emas. Men baribir ko‘proq Qozog‘istonni yaxshi ko‘raman. Qozog‘istonda yashash va ishlash kerak, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab sayyohat qilish zarur”.
Hokim Qozog‘iston yoshlariga vatanda samarali ishlash va butun dunyo bo‘ylab sayyohat qilishni tavsiya qilgan.
Internet foydalanuvchilari esa amaldorni maqtanchoqlikda aybladi.
Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi rahbari Krimbek Kusherbayevning Abdrahimovning harakatlari yuzasidan fikr bildirdi.
“Bugungi kunda Abdrahimovga bildirilgan siyosiy ishonch tugadi”, - dedi Kusherbayev.