Toshkent shahrining kommunal sohasini rivojlantirish uchun xorijiy investorlar jalb etiladi

Osiyo taraqqiyot banki shahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara shartida boshqaruvga topshirish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Toshkent shahrining kommunal sohasini rivojlantirish uchun xorijiy investorlar jalb etiladi. Hokimiyatda Osiyo taraqqiyot banki bilan tegishli shartnoma imzolandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.

OTB shahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara shartida boshqaruvga topshirish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Nega O‘zbekiston Qozog‘istondan elektr energiyasini sotib olmoqda – ekspert fikri

Bank kelishuv doirasida Toshkent shahar hokimligining eksklyuziv konsultanti sifatida xorijiy kompaniyalardan kelib tushgan takliflarni baholaydi. So‘ngra amaldagi Davlat-xususiy sherikchiligi to‘g‘risidagi qonun talablariga ko‘ra, xorijiy kompaniyalaridan kelib tushgan takliflar asosida terder tanlovini o‘tkazib, eng maqbul xorijiy kompaniyani “Toshissiqquvvati” DUK bilan Ijara shartnomasini imzolashda ko‘maklashadi.

Mazkur loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad - issiqlik tarmoqlarini modernizatsiyalash va rekonstruksiyalash, tarmoqlardagi bugungi kunda mavjud yo‘qotishlarni butkul bartaraf etish va sohada avtomatlashtirilgan xorijiy IT texnologiyalarini qo‘llash orqali yuzaga kelayotgan avariya holatlarini oldini olish.

Loyihani amalga oshirishda zamonaviy menedjment usullari qo‘llaniladi.