Rishtonda uyi buzilgan aholiga 13,5 ming kishi hasharga keldi

45 kun ichida Katta Farg‘ona kanalini qazigan aholi - bugun Rishtonda uyi buzilgan 405 xonadonga yordamga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. 45 kun ichida Katta Farg‘ona kanalini qazigan aholi bugun Rishtonda uyi buzilgan 405 xonadonga yordamga keldi, deb yozadi farg‘onalik jurnalistlar  “Xalq bilan muloqot” guruhida.

Rishtonda uyi buzilgan aholiga 13,5 ming kishi hasharga keldi

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Rishtonda, yo‘l kengayishi munosabati bilan 405 oila bobshqa manzilga ko‘chirilgan edi. Dastlabki hisob-kitoblar  bo‘yicha  ularga 25  milliard  so‘m  tovon  puli  ajratish  ko‘zda  tutilgan. Ba’zi  oilalarga  o‘z  xohishiga  qarab,  tovon puli  o‘rniga  uy-joy  qurish  uchun qo‘shimcha yer maydoni ajratilyapti.

Abdulla Aripov Urganch hokimiga hayfsan e’lon qildi

Naqd pul mablag‘laridan tashqari ko‘chirilgan aholiga butun Farg‘ona viloyati baholi qudrat yordam qo‘lini cho‘zgan. Xususan 27-28 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan hasharda jami 13562 nafar hasharchi viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelib Rishtonda qurilish ishlarida ishtirok etgan.

Hasharchilar orasida Farg‘ona shaharliklar ayniqsa ko‘p - 4550 nafar hasharchi, “Azot” AJdan - 1500 nafar, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJdan - 2500 nafar,  “Farg‘ona Issiqlik energo markazi”dan kelgan - 550 nafar hasharchi qatnashdi.

Shuningdek Bag‘dod tumanidan 800 nafar, Farg‘ona tumanidan – 630 nafar, Yozyovon tumanidan – 587 nafar hasharchilar rishtonliklarga  yordam berishdi.

Rishtonda uyi buzilgan aholiga 13,5 ming kishi hasharga keldi

Undan tashqari Farg‘ona viloyati har bir tumani, har bir tashkilotidan kelgan hasharchilardan tashqari o‘nlab qurilish texnikasi va yuk avtomoboillari ham kelgan.

Qurilish ishlari avjida, rishtonliklar yanada kengroq va yangi uylar qurilayotganidan xursand bo‘lib, hasharchilarga tushlik ovqat pishirishdan va tarvuz-qovush tashishdan charchashmayapti, deb yozishgan farg‘onalik jurnalistlar Gulbahor Saidg‘aniyeva, Ahmadali Teshaboyev va Zaylobiddin Yigitaliyev.

Rishtonda uyi buzilgan aholiga 13,5 ming kishi hasharga keldi