Koreyada o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Koreya huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ayni damda politsiya tergov tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Jabuniy Koreyada O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.

Mamlakatning Seul shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, 26-iyul kuni Janubiy Koreyaning Chungnam provinsiyasida O‘zbekiston fuqarosi N.Yu.ning jasadi topilgan.

Elchixona Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talabalar qo‘lga olinganini tasdiqladi

Koreya huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ayni damda politsiya tergov tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va hozirda marhumaning qarindoshlari bilan birgalikda jasadni vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.