Moskva Dumasi saylovidan norozilarning aksariyati - boshqa shaharliklar bo‘lib chiqdi

Kecha Moskva Dumasi sayloviga qarshi namoyishda qo‘lga olingan norozi saylovchilarning yarmidan ko‘pi - boshqa shaharliklar bo‘lib chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Kecha Moskvada bo‘lib o‘tgan noqonuniy mitingda qo‘lga olinganlarning yarmidan ko‘pi boshqa viloyatliklar, - deb xabar qilmoqda RIA Novosti IIV xabariga asosan.

Kecha Moskva shahar meriyasi binosi oldida 3 mingga yaqin kishi Moskva shahar Dumasi sayloviga ayrim nomzodlarning ro‘yxatga olinmaganiga qarshi namoyishga chiqishgan edi.

Qozog‘istonda saylov vaqtida 700 kishi qo‘lga olindi - video

Politsiya kelishilmagan namoyishda ishtirok etgan fuqarolardan 1074 nafarini qo‘lga olib, shaxsini aniqlaganda – ulardan 600 nafari boshqa shaharda istiqomat qiluvchi fuqarolar bo‘lib chiqqan.

Bundan xulosa qilish mumkin-ki, ayrim muxolifat nomzodlar Moskvada o‘zlariga yetarlicha tarafdorlar topa olaganlaridan so‘ng, boshqa shaharda soxta yoki yollagan namoyishchilarni yordamga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Moskva shahar Dumasi sayloviga tayyorgarlik jarayonida muxolifat kuchlar vakillari bo‘lgan Ivan Jdanov, Sergey Mitroxin, Lyubov Sobol, Konstantin Yankauskas, Ilya Yashin kabi bir necha nomzodlar saylovda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan edi. Sabab – ular taqdim etgan ro‘yxatlarda soxta imzolar borligi aniqlangan.

Shuningdek, muxolifat kuchlari tomonidan shahar saylov komissiyasi a’zolari va ularning oilalariga nisbatan bosim o‘tkazishga qaratilgan harakatlar ham qayd etilgan.