O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Jizzax viloyatida joylashgan “Forish” harbiy poligonida 5-xalqaro armiya o‘yinlari uchun ko‘rilgan tayyorgarlikni namoyish qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil “ArMI-2019” V - xalqaro armiya o‘yinlari doirasida O‘zbekiston - “Harbiy-tibbiy estafeta” tanloviga mezbonlik qiladi. Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekistondga 10dan ortiq mamlakatlar harbiy-tibbiy jamoalari kelishi kutilmoqda.
Ushbu munosabat bilan “Forish” poligonida barcha kerakli sharoitlar yaratilgan. Xalqaro musobaqani o‘tkazish uchun yaratilgan zamonaviy va qulay shart-sharoitlardan tashqari poligonda O‘zbekistonning barcha viloyatlari diqqatga sazovor ko‘rgazmalari bilan yig‘ilgan.
Xususan, 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri mamlakatimiz mehmonlariga milliy an’ana va udumlari, asrlar davomida saqlanib kelinayotgan tarixiy meroslarimizni namoyish qilmoqda. Shuningdek, mehmonlar bu yerda milliy suvenir buyumlarini xarid qilishi uchun ham imkoniyat mavjud.
Har oqshom O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi tomonidan musobaqa qatnashchilari uchun mahalliy va harbiy estrada guruhlari ishtirokida konsert dasturlari uyushtirilmoqda.