TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari “Toshkent” xalqaro aeroportidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro G.X.ning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘yishdi.
Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu shaxs xolislar ishtirokida skaner qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda u quyma tilla bo‘laklarini o‘z tanasiga berkitib olganligi aniqlandi.
Natijada, fuqaro G.X.dan yashirincha olib o‘tishga urinilgan jami 434,6 grammni tashkil etuvchi 14 dona dumaloq shakldagi quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Qariyb 500 gr. quyma tillani ichiga yutib, xorijga uchayotgan shaxs qo‘lga olindi - foto
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.