TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Toshkentda bedarak yo‘qolgan devnovlik 19 yashar Zulxumor Narzullayeva befarq bo‘lmagan fuqarolarning ko‘magi bilan topildi va onasi bilan yarashtirildi. Bu haqda Toshkent IIBB xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, qiz sog‘-salomat holda Mirobod tumanida topilgan va hozir onasining yonida.
Sergeli tumani IIO FMB xodimlariga qizni topishda befarq bo‘lmagan fuqarolar va Telegram messendjeridagi guruhning admin-moderatorlari ko‘maklashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda oilaviy janjaldan so‘ng bedarak yo‘qolgan denovlik qiz qidirilayotgani haqida xabar bergan edik.