Lavrov AQShni kosmosga qurol olib chiqishdan ogohlantirdi

"O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar to‘g‘risidagi shartnoma taqdiri atrofida noaniqlik saqlanib kelmoqda, biz uni uzaytirishni taklif etdik, lekin Vashingtondan javobni eshitmadik", - degan Lavrov
Sputnik

TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. Moskva AQShning kosmosga qurol olib chiqish rejasidan tashvishda, bu qurol-aslahalar poygasini yana yangilashi mumkin, deb bayonot qildi juma kuni RF TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabari asosida.

Putin raketalar bo‘yicha o‘ta muhim qonunni imzoladi

"Biz AQShning kosmos bo‘shlig‘iga qurolni olib chiqish rejasiga jiddiy kirishganidan tashvishdamiz, bu holat qurol-aslahalar bo‘yicha yangi global poygaga olib kelishi mumkin", - dedi Lavrov, BRIKS mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashida chiqish qilar ekan.

Lavrov shuningdek, harbiy budjetning oshirilishi, strategik stabillikni ushlab turish uchun o‘n yilliklar davomida shakllantirib kelingan arxitekturaning buzilishi xalqaro xavfsizlikka tahdid qilishini bildirdi.

Lavrov misol tarzida o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar to‘g‘risidagi shartnomani keltirib o‘tdi.

"O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar to‘g‘risidagi shartnoma taqdiri atrofida noaniqlik saqlanib kelmoqda, biz uni uzaytirishni taklif etdik, lekin Vashingtondan javobni eshitmadik", - deb qo‘shimcha qildi u.