Abdulla Aripovning Xitoyga tashrif buyurishi kutilmoqda

Joriy yilning birinchi yarim yilligida Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor Elchisi Szan Yanni qabul qildi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi

“Xususan, ikki davlat hukumat rahbarlari darajasida rejalashtirilgan tashriflar bilan almashishning amaliy jihatlari hamda delagatsiyalarning O‘zbeksiton va Xitoyga o‘zaro safarlari jadvali ko‘rib chiqildi”, - deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” forumi tashrifi doirasida Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashib, O‘zbekistonga taklif qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning birinchi yarim yilligida Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylangani haqida xabar qilgan edik. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yarim yillikda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 3,895 milliard dollarni tashkil qildi.