O‘zbekiston ATR 72-600 samolyotlarini xarid qilishi mumkin

Transport vazirligi bir vaqtlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Il-114 samolyotiga juda o‘xshash bo‘lgan ATR 72-600 samolyotini sotib olishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi fransiya-italiya qo‘shma korxonasi mahsuloti bo‘lgan  ATR samolyotlarini sotib olishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston transport vazirligi va ATR kompaniyasi vakillari uchrashuvida ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Transport vazirligi.

Il-114-300 2023-yildan boshlab xaridorlarga yetkazib berila boshlaydi

Muzokaralar davomida ATR o‘zining yangi hududiy samolyotini - ATR 72-600ni taqdim etdi. Agar O‘zbekiston Transport vazirligi ushbu samolyotlarni xarid qilish haqida qaror qabul qilsa, ATR uchuvchilarni tayyorlash, ehtiyot qismlar yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi, deyilgan xabarda.

ATR 72-600 – ikki motorli turbovintli, o‘rta va yaqin masofalarga mo‘ljallangan samolyot bo‘lib u 74 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Samolyot 1300 km masofaga uchishi mumkin. Samolyot 1980-yillarda qurilgan va o‘zining birinchi parvozini 1988-yilda amalga oshirgan. 2010-yilda modernizatsiya qilingan.

Bir so‘z bilan aytganda ushbu samolyot bir vaqtlar sobiq Toshkent Aviatsiya zavodida ishlab chiqarilgan Il-114 samolyotining juda yaqin “sinfdoshi”. Toshkent aviatsiya zavodi yopilganidan so‘ng Il-114 samolyotini Rossiya aviatsiya zavodlaridan birida ishlab chilarish e’lon qilingan edi.