TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Tunis prezidenti Al-Baji Qaid as-Sebsi harbiy shifoxonada vafot etdi. Davlat rahbari 92 yoshni qarshi olgan edi.
“Bugun, 2019-yil 25-iyul kuni Tunisdagi harbiylar shifoxonasida respublika Prezidenti Al-Baji Qaid as-Sebsi vafot etdi”, deyiladi prezident ma’muriyatining Facebook᾽dagi bayonotida.
Siyosatchi chorshanba kuni shifoxonaga yotqizilgan edi. U so‘nggi oylarda sog‘ligidagi muammolar sababli shifokorlarga bir necha marta murojaat qilgan.
Al-Baji Qaid as-Sebsi 2014-yildan buyon Tunisni boshqarib kelayotgandi.