Ronaldudan tortib Kardashangacha: eng ko‘p pul topadigan Instagram yulduzlari

Sputnik

Hopper HQ versiyasi bo‘yicha Kayli Jenner eng ko‘p pul topadigan Instagram yulduzi bo‘ldi. U bitta reklama posti uchun 1,2 million dollar oladi.

Ikkinchi o‘rinda reklama e’loni uchun 996 ming dollar oladigan xonanda Arina Grande egalladi. Uchinchi o‘rinda – jahon futbol yulduzi Krishtiranu Ronaldu, u bitta reklama surati uchun 975 ming dollar oladi.

1 / 10
Kayli Jenner eng ko‘p maosh oladigan Instagram yulduzi deb tan olindi. Bir dona reklama posti uchun u 1,2 million dollar oladi. 21 yoshli Jenner 140 million obunachilarga ega. U Instagram sahifasida muntazam ravishda o‘zining Kylie Skin brendini reklama foto-suratlarni joylashtiradi.
2 / 10
Ikkinchi o‘rinda reklama e’loni uchun 996 ming dollar oladigan xonanda Arina Grande egalladi.
3 / 10
Uchinchi o‘rin Krishtianu Ronalduga nasib qildi, unga bitta post uchun 975 ming dollar to‘lanadi. 34 yoshli futbol yulduzi Instagram sahifasida 176 milliondan ortiq obunachilarga ega.
4 / 10
Kayli Jennerning singlisi Kim Kardashyan ham reklama orqasida katta pul ishlaydi. Bitta postning narxi 910 ming dollarni tashkil qiladi. Kim 144 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lib, yuzlab loyihalarni olib boradi.
5 / 10
Instagram eng ko‘p pul topadigan beshtalikka xonanda Selena Gomes ham kiradi. U reklama e’loni uchun 886 ming dollar oladi. Hozirgi vaqtda uning sahifasi 153 million obunachi bor.
6 / 10
Mashhur aktor Dueyn Jonson bitta post uchun 882 ming dollar oladi.
7 / 10
37 yoshli qo‘shiqchi Beyons bitta reklama uchun 785 ming dollar oladi.
8 / 10
Teylor Svift hozirda 119 million obunachi bor, uning posti 748 ming dollar.
9 / 10
Braziliyalik futbolchi Neymar Instagram bir dona post uchun 722 ming dollar oladi.
10 / 10
Ro‘yxatning so‘ngi qatoriga xonanda Jastin Biber tushib qoldi. Uning postining narxi 722 ming dollar tashkil qiladi.