Olmazor tumanida o‘qituvchilar uchun 6 ta ko‘p qavatli arzon uylar quriladi

Mazkur uylar uchun “Ipoteka-bank” ATIB ipoteka krediti ajratadi. Kredit muddati 20-yil, boshlang‘ich badal 25 foiz va imtiyozli davr 1-yilni tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik.  Hukumatning tegishli hujjati bilan Toshkent shahar, Olmazor tumani Talabalar shaharchasida Oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi, murabbiy va ilmiy xodimlariga 2019–2020 yillarda 6 ta 9 qavatli arzon uylar qurilishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali orqali xabar qilindi.

Andijon viloyatida qancha uy-joylar qurilishi ma’lum bo‘ldi

Mazkur uylar uchun “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan quyidagi shartlarda ipoteka krediti ajratiladi:

- kredit muddati 20-yil, boshlang‘ich badal 25 foiz va imtiyozli davr 1-yil;

- kreditning birinchi 5-yilida boshlang‘ich 7 foiz stavkasidan (banklarning 2 foiz marjasini hisobga olgan holda) qayta moliyalashtirish stavkasiga yetgungacha har yili bosqichma-bosqich proporsional oshirib boriladigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda Toshkent shahrida qariyb 400 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi haqida xabar qilingan edi.