TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. ”O‘zbekiston havo yo‘llari” 24-iyuldan “Haj – 2019” dasturi bo‘yicha parvozlarni boshlaydi, deya xabar beradi aviakompaniya.
Ma’lum qilinishicha, ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga tashish 24-iyuldan 3-avgustga qadar 32 ta reys orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistoning 7 ta shahri: Toshkent, Buxoro, Samarqand, Nukus, Qarshi, Namangan, Urganchdan 7200 nafar ziyoratchi Haj amalini bajaradi.
Ziyoratchilarni Jidda shahridan o‘z vatanlariga qaytarish 17-avgustdan 1-sentabrgacha rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019-yildan o‘zbekistonlik musulmonlar uchun haj safari xarajatlari 33,3 million so‘mgacha tushirilgani xabar qilingan edi.