Tojik-qirg‘iz chegarasidagi qurolli mojaro: hozir vaziyat qanday

Isfara-Vorux trassasi hanuz yopiq, qirg‘izlar Tojikiston shoshilinch tibbiy yordam mashina harakatiga to‘sqinlik qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Hozirgi vaqtda Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari chegarada yuz bergan mojaro yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda Sputnik Tojikiston Isfara hokimining matbuot kotibi Iqbol Teshayevga asosan xabar qildi.

Tojikiston chegarasida yuz bergan janjal tufayli 315 qirg‘iz evakuatsiya qilindi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isfara-Vorux trassasi hanuz yopiq, qirg‘izlar esa Tojikiston shoshilinch yordam mashinalari harakatiga to‘sqinlik qilishmoqda. Shu sababli chegarada otishma oqibatida yaralangan ikki kishini Voruxdan olib chiqa olishmayapti.

Jarohatlanganlar zudlik bilan qayta operatsiya qilinishi zarur. Ma’lum bo‘lishicha, bir nafar tojikistonlik o‘pka qismida o‘q jarohatini olgan. Unga faqat boshqa shifoxonada operatsiya qilish mumkin, chunki Vorux qishlog‘ida zarur tibbiy sharoitlar mavjud emas.  

Eslatib o‘tamiz, 22-iyul kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida navbatdagi qurolli mojaro yuz berdi.

Qirg‘iziston davlat chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston Voruz qishlog‘i aholisi aholi punktiga kirish joyiga bayroq o‘rnatmoqchi bo‘lishgan, Oq-Soy (Qirg‘iziston) qishlog‘i ahli esa bunga qarshi chiqishgan. Og‘zaki tortishuv davomida tomonlardan biri qurol ishlatgan. Otishma oqibatida bir nafar tojikistonlik o‘qituvchi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohatlandi, bir nafar militsiya xodimi og‘ir ahvolda.

Keyinchalik Tojikiston chegara xizmati ushbu voqeani Tojikiston rahbari Emomali Rahmon va Qirg‘iziston rahbari Sooranbay Jeenbekovning uchrashuvi arafasidan uyushtirilgan provokatsiya deb atadi.