Surxondaryoda yangi gaz koni ochildi

Gazning o‘rtacha kunlik oqimi 300 ming kubometrni tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Bugun, 24-iyul kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25-yilligi” (M25) konida yangi tabiiy gazga boy obyekt ochildi.

O‘zbekistonning olis qishloqlari qachon gazlashtiriladi - "O‘zbekneftgaz" javobi

Energetika vazirligining xabar qilishicha, ushbu obyekt M25 konida burg‘ulash ishlari natijasida aniqlangan. Gazning o‘rtacha kunlik oqimi 300 ming kubometrni tashkil etadi.

Burg‘ulash va quduqlarni qurish ishlari Markaziy Osiyo, Rossiya va Yaqin Sharq hududida loyihalarni amalga oshirishda boy tajribaga ega ERIELL kompaniyasi ishtirokida SURHAN GAS CHEMCAL OPERATING COMPANY kompaniyasi tomonidan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim doirasida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston joriy yilda gaz eksporti hajmini o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga oshirishi haqida xabar qilgan edik.