TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Politsiya xodimlari Nur-Sulton ko‘chalarida yalang‘och holda yurgan kishini qo‘lga olishdi.
Sputnik Qozog‘iston ma’lum qilishicha, bu hodisa 22-iyul kuni “Bogenbay Botir” va Jenis shoh ko‘chasi kesishmasida sodir bo‘lgan.
39 yoshli erkak tomonidan jamoat tartibi buzilgani ma’lum bo‘ldi.
“Politsiya xodimlari erkakni politsiya bo‘limiga olib kelishdi va shoshilinch tibbiy yordam brigadasi chaqirtirildi. Ko‘rikdan so‘ng shifokorlar uni olib ketishdi”, - deb ma’lum qilishdi politsiyada.