Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi

Birinchi yarim yillikda Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha u Rossiyadan keskin o‘zib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. So‘nggi bir necha yil davomida O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori Rossiya edi. 2019-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra Xitoy oldinga chiqib olgan. Bu haqida Davlat Statistika qo‘mitasi xabar qilmoqda.

O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari qaysi davlatlar?

Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi

1-Xitoy - tashqi savdo aylanmasida ulushi - 19%. Ikkinchi o‘rinda Rossiya - 14% va Qozog‘iston - 8%. Aytish joizki 2018-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori Rossiya bo‘lgan bo‘lsa, 2019-yilning birinchi yarmida Xitoy keskin oldinga chiqib oldi. Oldinga chiqish asosan import hisobidan yuz berdi.

Keyingi o‘rinlarda esa Janubiy Koreya, Turkiya va Germaniya joylashgan. So‘nggi yarim yillikda Koreya Respublikasi bilan savdo aylanmasining salkam 2 baravar, Germaniya bilan 1,5 baravar, Turkiya bilan - 20% oshganini ko‘rish mumkin.

Ulardan so‘ng esa Qirg‘iziston - o‘sish 2,5 baravar, AQSh + 25%  va Afg‘oniston - 10 % kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu ma’lumotlar faqat 2019-yilning birinchi yarim yilligini aks etadi. Yil oxiriga qadar vaziyat o‘zgarishi mumkin.