IIBB Nikita Makarenkoga minnatdorlik bildirdi

IIBB jurnalist Nikita Makarenkoga faol fuqarolik pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Toshkent shahar IIBB Gazeta.uz muallifi Nikita Makarenkoga faol fuqarolik pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Bundan buyon tungi klublar 23:00da yopiladi

Bir kun oldin Nikita Makarenko uning uyi oldidagi tungi klubda tong soat 5gacha balan ovozda musiqa qo‘yilayotganidan va IIB xodimlari bunga nisbatan hech qanday chora ko‘rmayotgani haqida xabar qilgan edi.

IIBB Makarenkoning ushbu murojaatni barcha tafsilotlarigacha o‘rganib chiqib, tungi klub tarqatayotgan shovqinni qayta o‘lchashini hamda ushbu vaziyatga qarshi chora ko‘rmagan ichki ishlar xodimlari hatti-harakatiga ham majmuali baho berishni va’da qilgan.

Shu bilan birga IIBB o‘z xabarida jurnalist Nikita Makarenkoga jamoatchilik hayotida faol ishtirok etayotani, o‘z maqolalarida ijtimoiy - dolzarb muammolarni yoritib borayotgani hamda IIBB bilan hamkorlik qilayotgani uchun minnatdorlik bildirgan.  

Eslatib o‘tamiz, Nikita Makarenko O‘zbekistonning eng faol jurnalistlaridan biri. U o‘z maqolalarida Toshkent aptekalarda narkotik-dorilar sotilishi, maktablarga  qabul qilishda qiyinchiliklar, madaniyat va san’atni sohasini moliyalash, DTM faoliyati va O‘zbekistonda jurnalist bo‘lib ishlash muammolarini batafsil yoritib kelmoqda.