Eron maxsus xizmatlari 17 nafar AQSh josusini qo‘lga oldi

Eron axborot vazirligi Markaziy razvedka boshqarmasiga ishlagan 17 nafar kishini qo‘lga oldi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Eron axborot vazirligi Markaziy razvedka boshqarmasiga ishlagan 17 nafar kishini qo‘lga oldi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiyada Telegram'da yozishmalarni o‘qiy oladigan josus-dastur aniqlandi

Ulardan ayrimlari o‘lim jazosiga mahkum qilindi.  Shu bilan birga, vazirlik qo‘lga olingan shaxslar bilan aloqa qilgan MRB xodimlarining suratlarini e’lon qildi.   

Ilgariroq iyun oyida Eron milliy xavfsizlik Oliy Kengashi kotibi Ali Shamxan Eron razvedkasi Vashington nazoratida bo‘lgan kiber tarmoqni aniqlaganini ma’lum qilgandi.

AQSh va Eron o‘rtasida hech qanday diplomatik aloqalar yo‘q. Eron atomi baxsli mavzulardan biri hisoblanadi.