TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. O‘zbek san’atkorlari Gulnora Karimovaga bo‘lgan muhabbatlari uchun jazoga tortildi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar.
Xabarda aytilishicha, Zo’r TV xususiy telekanali ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovani qo‘llab-quvvatlagan artistlarni efirdan chetlatgan.
Misol uchun, qo‘shiqchi Jahongir Poziljonov va aktrisa Xalima Ibragimova ko‘ngilochar shoularni olib borishdan chetlatilgan bo‘lsa, Rayhon G‘aniyeva va Ziyoda Qobilovalarning qo‘shiqlari ham efirdan olib tashlangan.
Bir vaqtning o‘zida Jahongir Poziljonov ishtirokidagi chips reklamasi plakatlari shaharning turli burchaklaridan olib tashlangan va ular boshqa banerlar bilan almashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq o‘zbek shou-biznesi vakillari ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning tezroq koloniyadan ozod etilishi haqida so‘zlovchi chellenjni boshlab berishgan edi.