TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. Janubiy Koreya va AQSh "19-2 Tonmen" harbiy mashg‘ulotlarini oldindan belgilangan vaqtda o‘tkazadigan bo‘ldi. Mashg‘ulotlar KXDR tomonidan bu Amerika-Shimoliy Koreya o‘rtasidagi yadroviy masalaga doir muzokaralarni yo‘qqa chiqarishi mumkinligi to‘g‘risidagi ogohlantirishlarga qaramay, o‘tkazilmoqda, deb ma’lum qildi payshanba kuni Koreya Mudofaa vaziri vakili Soy Xon Su. RIA Novosti xabari asosida.
Soy Xon Suga ko‘ra, "tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda".
Janubiy Koreya harbiy idorasi saytida bu borada hozircha rasmiy xabarlar e’lon qilingani yo‘q.
Ta’kidlanishicha, shimoliy koreyaliklar AQSh va Janubiy Koreyaning "Tonmen", ya’ni "Ittifoq" ma’nosini bildiruvchi nom ostida harbiy o‘quv-mashg‘ulotlarni o‘tkazayotganidan tashvishda. Yangicha nom ostidagi ilk mashg‘ulotlar Key Resolve va Foal Eagle mashg‘ulotlari ostida joriy yil mart oyida o‘tkazilgan edi.
30 iyun kuni AQSh va KXDR Koreyadagi qurolsizlantirilgan zonada o‘tkazilgan uchinchi sammit vaqtida yaqin orada yadroviy masalaga yechim topish uchun ishchi muzokaralarni boshlashga kelishib olishgan edi.