O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2022 saralashi 2-bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Qatardagi JCh 2022-yilning noyabr-dekabr oylariga belgilangan.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, Ektor Kuper shogirdlari “D” guruhidan o‘rin oldi. Ushbu guruhda O‘zbekiston Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalariga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2022 saralashi 2-bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

2-bosqich o‘yinlari joriy yilning 5-sentabridan boshlanadi. Yakunda 8ta guruh g‘oliblari va 2-o‘rin egalaridan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 4ta jamoa (jami 12ta terma) JCh saralashining keyingi bosqichiga chiqadi va Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Bor e’tiborimiz Jahon chempionati saralashiga qaratilgan - Ektor Kuper

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi JCh-2022 yilning noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.