Poroshenko va uning jamoasiga qarshi 11 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan – Ukraina DTB

Ukrainaning sobiq prezidenti Poroshenkoga qarshi qator jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Bugun “Kuznya na Ribalskom” ishi yuzasidan so‘roqqa chaqirtirilgandi. Biroq u so‘roqqa hozir bo‘lmadi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Ukraina Davlat tergov burosi direktori Roman Truba Ukrainaning sobiq prezidenti va uning jamoasiga qarshi 11 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

To be continued!? Ukrainada Poroshenkoga qarshi yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Roman Trubaning ta’kidlashicha, bugun Poroshenko “Kuznya na Ribalskom” zavodini sotishda 300 mln dollarlik jinoiy daromadni qonuniylashtirish ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roqqa chaqirtirilgandi. Biroq, sobiq prezident so‘roqqa kelmagan.

Poroshenkoning advokati Igor Golovanov u "saylovlar bilan bog‘liq faoliyat" bilan band bo‘lganligi sababli so‘roqqa kelmaganini tushuntirib, sobiq davlat rahbari parlament saylovlari o‘z nihoyasiga yetmagunga qadar tergovchining oldiga bormasligini ma’lum qilgan.

“Bu hali holva”: Poroshenkoga qarshi yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Potr Poroshenko “Yevropa birdamligi” partiyasi yetakchisi sifatida Oliy rada saylovlarida ishtirok etmoqda. Parlament saylovlari 21-iyul kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. 

Avvalroq Ukrainaning sobiq prezidenti Poroshenkoga qarshi qator jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilgan edik. Jumladan, unga nisbatan davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.