TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahridagi shifoxonada o‘zbekistonlik ayol vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, sog‘ligi holatining keskin yomonlashgani sababli Turkiyaning Istanbul shahridagi “Göztepe Eğitim ve Araştırma Hastenesi” tibbiyot muassasasiga davolanishga yotgan O‘zbekiston fuqarosi G.N. 13-iyul kuni vafot etdi.
“Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va hamurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga jo‘natish borasida marhumaning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.”, - deyilgan xabarda.