Meksikada Rossiya fuqarosiga 37,5 yil qamoq jazosi berildi

Rossiya fuqarosi asossiz ravishda Meksika aholisini haqorat qilib, ularga tahdid qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Meksikada sud qotillik sodir etgani uchun rossiyalik Aleksey Makeyevga 37,5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan “GTA to‘dasi” a’zosiga yana hukm chiqarildi

Shuningdek, sudlanuvchi 22 ming dollar atrofida tovon to‘laydi.

Makeyev Meksikada videolar sababli odamlar e’tiboriga tushdi. Videolarda u asossiz ravishda ushbu mamlakat aholisini haqorat qilib, ularga tahdid qiladi.

2017 yil may oyida bir necha yuzlab odam Kankunda Rossiya fuqarosiga tegishli bo‘lgan uyni o‘rab olib, unga hujum qiladi. Buning oqibatida bir nafar meksikalik jarohat oladi va vafot etadi.

Rossiya fuqarosiga ham jiddiy tan jarohatlari yetkaziladi va shu vaqtgacha u qamoqxonada bo‘ldi.

Rossiyalik diplomatlar ma’lum qilishicha, Meksika jinoiy-protsessual qonunchiligiga asosan sudlangan o‘z mamlakatida jazoni o‘tash uchun yuborilishi mumkin, biroq u hozircha bu haqda murojaat qilmadi.