Tojikiston Xitoyda uyg‘urlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatladi

Tojikiston Xitoyda uyg‘urlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan siyosatni qo‘llab-quvvatladi.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Tojikiston 37 ta davlat tarkibi ichida Xitoy tomonidan mahalliy aholi – uyg‘urlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Josus dastur: Xitoyda turistlar telefoniga noma’lum ilova o‘rnatilmoqda – OAV

Tojikiston, Rossiya, Belarus va boshqa davlatlar vakillari BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashining 41-chi sessiyasi yakuni bo‘yicha Sinszan-Uyg‘ur avtonom tumanida XXR siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi bayonotni imzoladi.

Uyg‘urlar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan davlat vakillari ta’kidlashicha, so‘nggi uch yil ichida Sinszan-Uyg‘ur avtonom tumanida yirik jinoyat va terrorchilik harakatlar sodir etilmadi, bu esa  Xitoy siyosatining to‘g‘ri yo‘nalish tanlanganligidan dalolat beradi.

Bundan avval Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni muhokama qilinishida 22 ta davlat (ular ichida – Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya) murojaat tayyorlashgan, unda Xitoy mahalliy musulmon aholi vakillari bilan qonunga zid bo‘lgan munosabat va inson huquqlari buzilishi holatlariga e’tibor qaratishgan.

Ochiq xatda uyg‘urlar to‘liq kuzatuvga olingani, tazyiq va maxsus tarbiya jamloqlari yaratilgani haqida yozilgan.

Bundan avval The Guardian nashri yozishicha, 2017-yilda har beshinchi hibsga olish Sinszanda amalga oshirildi, qayta tarbiyalash jamloqlardagi mahbuslar soni 120 dan 180 ming kishi tashkil qiladi.

Xitoy, o‘z navbatida, uyg‘urlarning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan qonunlarga rioya etilayotganiga amin bo‘lish uchun xorijiy davlat diplomat vakillarini Sinszan-Uyg‘ur avtonom tumaniga tashrif buyurishga taklif qilgan.