Nestle O‘zbekistondagi ikkita zavodini sotdi

Nestle Uzbekistan va Lactalis kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Fransiya kompaniyasi Namangandagi ikkita Nestle fabrikasini boshqarish huquqini oldi.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Nestle Uzbekistan MChJ mamlakatda bir nechta korxonalarini Lactalis kompaniyasiga sotilganligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti ushbu kompaniya matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

Jaziramada eng yaxshi chanqoqni qondiradigan ichimlik ma’lum qilindi

Nestle Uzbekistan va Lactalis kompaniyalari o‘rtasida O‘zbekistonda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarini sotish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Fransiya kompaniyasi Namangandagi ikkita Nestle fabrikasini boshqarish huquqini oldi.  

Lactalis kompaniyasi O‘zbekistonda Nestle global brendlari bo‘lgan:  Nesquik, Nido va Nestlé Pure Life suvlarini ishlab chiqarishi mumkin.

Nestle Uzbekistan QQ 1999-yilda tashkil qilingan. Hozirgi vaqtda korxona tarkibida bir nechta zavod faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ikkitasi Namanganda joylashgan bo‘lib, ularda  ichimlik suv va sut mahsulotlari ishlab chiqariladi.