Hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 millionga yaqinlashdi

O‘zbekistonda bu yila abituriyentlar soni 40 %ga oshdi. O‘tgan o‘quv yilida butun O‘zbekiston bo‘ylab 679 000 kishi hujjat topshirgan bo‘lsa, bu yil abituriyentlar soni 1 millionga yaqinlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. 2019 - 2020 shiuv yilidan boshlab oliy ta’lim olish uchun hujjat torpshirgan abituriyentlar soni 1 millionga yaqinlashdi, deb xabar qilmoqda O‘zA, Davlat test markazi ma’lumotlariga asosan.

“2019 yilning 14-iyul soat 18:00 holatiga,  kunduzgi ta’lim shakliga - 672 016 ta, kechki ta’lim shakliga - 11 947 ta, sirtqi ta’lim shakliga - 276 880 ta abituriyent hujjat topshirdi. Jami abituriyentlar soni - 960 843 nafarga yetdi”, - deyilgan xabarda.

Eng ko‘p arizalar soni Samarqand davlat universitetida qayd etildi. Ushbu oliy ta’lim muassasasiga - 65605 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Shuningdek, Andijon Davlat universitetiga - 41832 nafar va Qarshi davlat universitetiga - 40538 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Abituriyentlar uchun onlayn hujjat topshirish xizmati ishga tushdi

Abituriyentlar eng ko‘p tanlayotgan yo‘nalishlar uchligida hamon “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish“ yo‘nalishi yetakchilik qilmoqda. Bu kasbni egallashni 76383 kishi xohlagan. Keyingi o‘rinlarda qayd etilgan - “Maktabgacha ta’lim“ yo‘nalishiga 74 ming 545 nafar, “Jismoniy madaniyat“ yo‘nalishiga esa 41 ming 352 nafar talabgor o‘qish istagini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha 14-iyul kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish uchun hujjat qabul qilishning so‘nggi kuni edi. Bugun 15-iyul esa – sirtqi ta’lim shakliga hujjat qabul qilishning so‘nggi kuni. Hujjat topshirishga ulgurmayotgan abituriyentlar 5ta oliygohga onlayn ravishda hujjat topshirishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bu yil OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 40%ga oshdi. O‘tgan 2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston bo‘icha 679 000 abituriyent hujjat topshirgan edi. 2017-2018 o‘quv yilida esa - 729 ming nafar abituriyent hujjat topshirgan.