Jizzax viloyatidagi “O‘zbek-Qozoq” madaniyat markazida konsert tashkil etildi

Konsertda “Davr” guruhi hamda viloyatdagi estrada xonandalari Salohiddin Muhammadqulov va Umida Aslanovalar ishtirok etdi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi “O‘zbek-Qozoq” madaniyat markazida taniqli va mashhur san’atkorlarning konsert dasturlari, Respublikadagi teatr spektakllari namoyishi reja-jadvaliga asosan joriy yilning 14-iyul kuni Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi “O‘zbek – Qozoq” madaniyat markazida konsert dasturi tashkil etildi.

“Million” jamoasi litsenziyasidan mahrum bo‘lishi mumkin

Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati xabar qildi. 

“Konsertda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli “Davr” guruhi hamda viloyatdagi estrada xonandalari Salohiddin Muhammadqulov va Umida Aslanovalar ishtirok etishib, ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashishdi”, - deyilgan xabarda.