AQSh O‘zbekistondan aslida nimani xohlaydi: elchi Rozenblyum iqrori

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanishi haqida tizimli tahlil va monitoring markazi prezidenti Rostislav Ishenko Sputnik uchun maxsus so‘zladi
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik, Rostislav Ishenko. AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Deniyel Rozenblyum o‘z vazifasini bajarishga kirishgach, o‘tkazgan birinchi matbuot-anjumani davomida o‘zi faoliyat yuritib turgan mamlakatidagi ustuvor vazifalarni belgilab oldi. Mahalliy OAVlar elchining chiqishidan kelib chiqqan holda, bu vazifalarni beshtaga ajratishdi.

Aslida esa ular sonini uchtagacha qisqartirish mumkin.

  • AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik;
  • Vashington tomonidan O‘zbekistondagi "islohotlar siyosati"ni cheksiz qo‘llab-quvvatlash;
  • O‘zbekistonga amerika biznesining kirib kelishini ta’minlash.

"Inson huquqlari" va "madaniy almashinuvlar" haqidagi balandparvoz gaplar alohida punktlarga ajratilgan edi. Ammo ular amerika siyosatining mustaqil qarorimas, balki AQSh o‘z strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan vositadir. Bu yerda "islohotlar siyosati"ni ham qo‘shish mumkin edi, agar u ("islohotlar siyosati") ", milliy siyosiy landshaftni haqiqatan tubdan o‘zgartirmaganida.

Aslini olganda elchi Rozenblyum o‘zbek rahbariyatiga Toshkentda o‘zining an’anaviy maqsadlariga erishishni xohlashini ma’lum qildi:

  • mahalliy hokimlikni susaytirishni;
  • uni o‘z nazoratiga olishni;
  • O‘zbekiston salohiyatidan mintaqadagi o‘zining ustuvor vazifalarini amalga oshirish yo‘lida ish materiali sifatida foydalanishni;
  • amerika biznesiga o‘zbek davlati parchalanishidan foydalanib qolishga ruxsat berishni.

AQSh xuddi shunday maqsadlarni Yugoslaviya va Liviya, Suriya va Iroq, Afg‘oniston va Qirg‘iziston, Gruziya va Armaniston, Eron va Ozarbayjon, Ukraina va Moldovada ko‘zlagan. Natijalar har-xil bo‘lib, u ko‘proq Vashingtonning urinishlari emas, balki mahalliy elitaning adekvatligiga bog‘liq bo‘lgan.

Milliy davlatchilikning susaytirilishiga qaratilgan va uning salohiyatidan o‘z geosiyosiy maqsadlariga erishish yo‘lida foydalangan amerika siyosati milliy elitalar tarqoq holatga kelgan joylarda ham muvaffaqiyat qozongan.

Oreshkin: AQShdan farqli o‘laroq, Rossiya uchun O‘zbekiston - chinakam sherik, qiymatsiz chaqamas

Aynan ichki ziddiyatlar ojiz tomonni tashqi o‘yinchi yuzida ko‘makdosh izlashga majbur etadi. Bu ko‘makni oppozitsiyadan yulib olish uchun qator holatlarda amaldagi hokimiyat (Ukraina Kuchma davrida, Moldaviya Voronin davrida, Gruziya Shevardnandze davrida)ning o‘zi amerika vassali bo‘lishga rozi bo‘lgan. Ular Vashington mijozi holatiga o‘tish davrini "Yevropaga integrallashuv" ritorikasi bilan niqoblaganlar.

Ammo bu na amaldagi hokimiyat, na milliy davlatchilikni qutqargan. Aksincha, ular amerikaliklarga o‘z shaxsiy siyosatini amalga oshirishga qulay shart-sharoitlar yaratib berganlar.

Shu tariqa, amerika elchisining aytganlariga baho berar ekanmiz, biz: nega aynan shu ustuvor vazifalar, deb emas, balki nega hozir degan savolni berishimiz kerak. Shu maqsadlarga erishishga intilish hamisha kuzatilgan holat. Bugun Vashington ular haqida ochiq aytmoqda, chunki O‘zbekistonni faol harakatlar uchun qulay maydon, deb hisoblaydi.

Nega amerikaliklar bunday o‘ylaydi?

Chunki O‘zbekistonda rahbar almashuvi yaqinda yuz berdi. 2016-yil Islom Karimov vafot etgach, dekabrda O‘zbekiston prezidenti etib Shavkat Mirziyoyev saylandi. Hokimiyat tranziti tinch va osuda kechdi, bunday vaqtlarga xos bo‘lganidek, eski elitalarning bir qismi oldingi ta’siridan mahrum bo‘ldi, "Karimovdan keyin" siyosiy o‘sishga nomzod bo‘lganlarning ayrimlari o‘z kutishlarida aldandilar.

AQSh O‘zbekiston paxtasini “qora ro‘yxat”dan chiqardi

Hokimiyat almashinuvi ro‘y bergandan buyon yangi hokimiyat strukturasi to‘laqonli mustahkam bo‘lishi uchun yetarlicha vaqt o‘tgani yo‘q.

Bu bir qism elitalar noroziligini chuqurroq parchalanishga aylantirib yuborish uchun qulay lahza. Har holda amerikaliklar shunday hisoblaydi.

Xususan, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Vashington Toshkentdagi hokimiyatni susaytirish uchun siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy dastaklarni qo‘llashini va O‘zbekiston milliy manfaatlari orqali amerika tashqi siyosatini amalga oshiruvchi oddiy realizatorga aylantirmoqchiligini ma’lum qildi.

Endigina o‘zini taniyotgan yangi o‘zbek hukumatining nisbatan ojizligini hisobga olgan holda, AQSh ushbu siyosatini ayniqsa faol amalga oshiradi.

Rozenblyumga ochiqlik uchun rahmat.