O‘zbekiston gaz eksporti hajmini oshiradi

Mamlakat gazning eng ko‘p qismini Xitoyga, keyin esa Rossiyaga yetkazib bermoqchi.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston joriy yilda gaz eksporti hajmini o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga oshiradi, deya ma’lum qildi “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

“Bu yil bizning 15 milliard kub gaz hajmini eksport qilishga shartnomamiz bor”, - dedi kompaniya rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yil 13 milliard kub metr o‘zbek gazi eksport qilingan. Shunday qilib, gaz yetkazib berish 15 foizga oshadi.

Sidiqovning aytishicha, Xitoyga gaz yetkazib berish hajmi qariyb 10 milliard kub metr, Rossiyaga — 4 milliard kub metrni tashkil etadi, qolgan qismi esa qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.

“Resurslar mavjud bo‘lsa, yetkazib berishni oshirish bo‘yicha hamkorlarimiz bilan suhbatlashish imkoniga egamiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.

O‘zbekistonning olis qishloqlari qachon gazlashtiriladi - "O‘zbekneftgaz" javobi

Socar Qashqadaryoda neft qazib olish hajmini oshiradi

“O‘zbekneftgaz” AJ bugungi kunda yiliga 70 milliard metr kub tabiiy gaz hamda 8 million tonna suyuq uglevodlar qazib oladi.

O‘tgan yilning oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.  Ta’kidlanishicha, uglevodorodlar zaxirasini ko‘paytirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi. Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish uchun 2030-yilgacha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan. 

Gaz va elektr energiyasi uchun yangi tariflar qachon e’lon qilinishi ma’lum qilindi

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2018-yilda mamlakatda neft qazib olish o‘tgan yilga nisbatan 8,2 foizga — 746,4 ming tonnaga kamaygan. Tabiiy gaz qazib olish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 6,1 foizga — 59,842 milliard kub metrgacha oshgan