TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. “Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar undirish vaqtinchalik tartibini belgilash va 2019-yil uchun yig‘im stavkalari to‘g‘risida” poytaxt hokimligining qaror loyihasi tayyorlandi.
Qaror loyihasiga Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar miqdori ilova qilingan.
Hujjatda loyihasida tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘im undirish tartibi tasdiqlangunga qadar Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish huquqini berish bo‘yicha ishlar (shartnomalarni tuzish, yig‘imlarni undirish, hisobini yuritish va boshqalar)ni Toshkent shahar hokimligi ta’sischiligidagi “Poytaxt reklama servis” DUK zimmasiga yuklatilishi belgilangan.
“Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun 2018-yil 1-dekabridan yig‘iladigan yig‘imlarning 10 foiziini “Poytaxt reklama servis” DUK ihtiyoriga, 90 foizini Toshkent shahar mahalliy budjetiga yo‘naltiriilishi belgilansin”, - deyilgan loyihada.
Hujjat 27-iyulgacha muhokama qilinadi.