O‘zbekistonda 78 yoshli fuqaro oliy ta’lim olmoqchi

Fuqaro Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga hujjat topshirdi.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda 78 yoshli fuqaro oliy ta’lim olmoqchi.

O‘zAning yozishicha, Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga Surxondaryo viloyati, Angor tumani, “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1941-yil 13-aprelda tavallud topgan fuqaro Mamatqul Berdialiyev hujjat topshirgan.

O‘zbekiston hukumati chet el fuqarolarini OTMlarga qabul qilish tartibini belgiladi

Ma’lum qilinishicha, birinchi yo‘nalish sifatida “Mevachilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishi”ni, ikkinchisi “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, uchinchi esa “Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish" yo‘nalishlarini tanlagan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilda respublika Oliy ta’lim muassasalariga abituriyent sifatida ro‘yxatga olinayotgan 50 yoshdan oshgan fuqarolar soni ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bunga sabab bu yildan boshlab, yoshga doir cheklovlarning amal qilmasligi bo‘ldi.

O‘zbekistonda OTMlarga hujjat topshirish muddati 15-iyul kuni yakunlanadi.