Samarqanddagi bog‘chada bir bolaning barmog‘i uzilib tushdi

Bolakayga salkam besh soat davomida tibbiy yordam ko‘rsatilmagan
Sputnik

TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. Samarqanddagi bog‘chalarning birida bir bolaning barmog‘i uzilib tushdi, deb xabar berdi "Daryo" nashri.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 29-mart kuni Samarqand shahridagi 11-son bolalar bog‘chasida 2013-yilda tug‘ilgan Sanjar Hasanovning o‘ng qo‘lining jimjilog‘i uzilib tushgan.

Sanjar Hasanovning holati yuzasidan uning yaqinlari ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan postlarda yozilishicha, bog‘chada bolaning barmog‘i uzilib tushgan holatni prokuratura baxtsiz hodisa deb baholagan.

Shuningdek, nashr Sanjar Hasanovning buvisi Aziza Ma’murovaga tayanib, barmog‘i uzilib tushganidan so‘ng bolakayga salkam 5 soat davomida tibbiy yordam ko‘rsatilmagani haqida yozgan.