TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Qozog‘istonning Olmaota shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ishlab kelayotgan fohishaxonani aniqlashdi. Bu haqda Olmaota shahar politsiya departamenti xabar qilmoqda.
Idora xabariga ko‘ra, fohishaxona Olmaotaning Alatau tumanida ko‘zdan nariroq joyda joylashgan mehmonxonada aniqlangan.
“Kechqurun soat 11lar atrofida “ish joyida” 19 nafar yengiltak qiz bo‘lgan, ulardan ikkitasi O‘zbekiston, yana ikkitasi esa Qirg‘iziston fuqarolaridir”, - deyiladi qozoq politsiyasi xabarida.
Fohishaxonaga mehmonxonaning boshqaruvchisi bo‘lgan 47 yoshli ayol egalik qilgan. Ayol qo‘lga olingan va unga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekistonda fohishabozlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rish taklif etildi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda fohishalik uchun jarima miqdorioshirilgan. Bu ish bilan shug‘ullanish eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha jarima solinishiga olib keladi. Ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
“Soatiga 150 ming so‘m” – “Oriyat” tadbirida qo‘lga olingan 187 ta yengiltak ayol iqrorliklari