TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Olga Golodes Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi hududidagi (VDNX) “O‘zbekiston” paviloniga tashrif buyurdi. Hozirda bu yerda restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya Hukumati matbuot xizmati xabar qildi.
2019 yilning 30-may kuni Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari tomonidan Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi hududidagi №66 pavilonda “O‘zbekiston ko‘rgazma-madaniy markazi”ni yaratish to‘g‘risidagi kelishuv imzolagan edi.Unga ko‘ra pavilon va unga tegishli yer uchastkasi O‘zbekiston tomoniga 49-yilga ijaraga berilgan.
“O‘zbekiston ushbu pavilonning ochilishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu juda ajoyib pavilon. U O‘zbekistonning ruhi va muhitini ifodalaydi”, — deydi Olga Golodes.
Pavilon O‘zbekistonga joriy yilning oktabrida topshirilishi rejalashtirilgan.
Abdulla Aripovga Moskva viloyatini boshqarish tizimi namoyish etildi
Pavilon binosi 1950-yillarda Moskvada keng tarqalgan “Stalin ampiri” hamda o‘zbek milliy me’morchiligi aralashmasi uslubida qurilgan. Ushbu pavilon o‘sha vaqtlarda VDNXning eng chiroyli binolaridan biri bo‘lgan va san’at asari hisoblangan.
Pavilondagi ta’mirlash-tiklash ishlari 2017-yil oxirida boshlangan. Moliyalashtirishni Rossiya Madaniyat vazirligi o‘z zimmasiga olgan, obyekt yaqin vaqtlarga qadar uning zimmasida bo‘lgan. Hozirda tarixiy binoda murakkab restavratsiya ishlari olib borilmoqda.