"O‘ztransgaz" - aholiga gaz yetkazib beruvchi va eksport qiluvchi yagona tashkilotga aylanadi

"O‘ztransgaz" - aholiga gaz yetkazib beruvchi va gaz eksport qiluvchi yagona tashkilotga aylanadi - prezident qarori.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Neft va gaz sohasini moliyaviy sog‘lomlashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish” to‘g‘risidagi yangi qarorga asosan O‘zbekiston neft gaz qazib olish va aholiga yetkazib berish sohasida bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshiriladi.

“O‘zbekneftgaz”ga yangi rahbar tasdiqlandi

Xususan, “O‘zburg‘uneftgaz”, “O‘zneftgazqazibolish”, “O‘zneftmahsulot” va “O‘zneftgazmash” korxonalari “O‘zbekneftgaz” tarkibiga kiritiladi va shunday yo‘l bilan xolding boshqarishda ortiqcha oraliq bo‘g‘imlar yo‘qotiladi. Neft qazib olish va va gazni qayta ishlash korxonalari ham “O‘zbekneftgaz” tarkibiga kiritiladi.  

“O‘ztransgaz” esa “O‘zbekneftgaz” tarkibidan chiqarilishi bilan birga qazib oluvchi tashkilotlardan gaz xarid qiluvchi eksport qiluvchi va aholiga yetkazib beruvchi yagona tashkilotga aylanadi. Hududlarga gaz yetkazib berish bilan yangi tashkil etilayotgan “Hududgazta’minot” AJ shug‘ullanadi.

Prezident qarorida, shuningdek, kelajakda hududlarda gaz ta’minotini bilan shug‘ullanuvchi davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan korxonalar paydo bo‘lishi ham aytib o‘tilgan. Ushbu xususiy korxonalar gaz uchun to‘lovlar yig‘ish bilan ham shug‘ullanishi mumkin.

Prezidentning ushbu yangi qarori Osiyo taraqqiyot banki hamda xalqaro konsalting kompaniyalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030-yilgacha mo‘ljallangan O‘zbekiston neft va gaz strategiyasini belgilaydi.