TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. 11—18 iyulda O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 5-7 daraja yuqori bo‘lgan juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Bu haqda "O‘zgidromet" ma’lum qildi.
Havo kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 43-45 darajagacha bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel bo‘lishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida harorat fonining ko‘tarilishi hisobiga Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan glyatsial (muzli) sel toshqinlari o‘tishi mumkin.